«Chelsi» himoyachisi Malo Gyusto «Manchester Siti»ning yozgi transfer maqsadlari qatoriga kiradi.

Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, «shahar»ning yangi murabbiyi Enzo Mareska fransuz futbolchisi o'yin sifatlarini yuqori baholamoqda. Biroq, «Manchester Siti» rahbariyati himoyachi uchun 75 million funt to'lashni rejalashtirmayapti - aynan shuncha pulni «Chelsi» uning qiymati deb belgilagan.

Agar Londondagi klub narxni pasaytirmasa, «Manchester Siti» ushbu variantdan voz kechib, boshqa nomzodlarni qidirishga e'tibor qaratadi.

Gyusto 2023 yil yanvaridan beri londondagi jamoada o'ynaydi. U «ko'klar» safida 130 dan ortiq o'yin o'tkazgan, ularda uchta gol urib, 17 ta assist bergan.