«Brighton» portugaliyalik yarim himoyachi Rodrigo Regoning «Benfika»dan o‘tishini tasdiqladi. 21 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Transfer summasi oshkor etilmagan.
O‘tgan mavsumda Rego «Benfika»ning asosiy jamoasida evrokubok o‘yinlari kiritilgan holda 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.
«Rodrigo - juda istiqbolli talant. O‘tgan mavsumda u chempionat va Chempionlar ligasida debyut qildi. Bu uning taraqqiyotini ko‘rsatadi. Biz uning rivojlanishiga yordam berish va to‘liq salohiyatini ochishiga ishonamiz», - deyiladi klubning bayonotida.
Futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko‘ra 1,5 million evrodir. Rego Portugaliya yoshlar terma jamoasi safida 2 ta o‘yinda qatnashgan.




