«Pari Sen-Jermen» o'zining qanot o'yinchisi Bredli Barkoladan ayrilishni rejalashtirmayapti.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi ikki ingliz giganti – «Arsenal» va «Liverpool»ning qiziqish doirasiga tushgan. The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar Barkolani bu yozda sotishni rejalashtirmayotganini aniq ko'rsatgan. Potensial xaridorlarni qo'rqitish maqsadida, «PSJ» 23 yoshli o'yinchi uchun gigant narx – 135 million yevrodan ortiq belgilagan.

Bredli Barkolaning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda fransuz 49 o'yinda 13 gol urib, 7 golli uzatma berdi.