Madridning Real klubi Chelsi yarim himoyachisi Enzo Fernandesning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormaydi. Buni taniqli insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaning xabarlariga ko'ra, turli mish-mishlarga qaramay, Real va Chelsi o'rtasida hech qanday muzokaralar yo'q. Oq-qoralar jamoasida argentinlik futbolchiga nisbatan yuqori baho berilsa-da, u klubning kuchaytirish rejasidagi beshta nomzoddan biri hisoblanadi.
O'tgan klub mavsumida 25 yoshli Fernandes barcha musobaqalarda 54 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va yetti golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining Chelsi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyunigacha davom etadi.




