«Manchester Siti» katta transfer tayyorlamoqda. Marca ma'lumotlariga ko'ra, yozgi transfer oynasida yana bir xarid «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, «shaharchilar» 26 yoshli italiyalik futbolchi uchun taxminan 110 million evro to'lashga tayyor. Tonali «Nyukasl»da 2023 yil yozidan beri o'ynaydi, u «Milan»dan taxminan 60 million evroga sotib olingan va uning shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi.

Avvalroq «Siti» ingliz yarimhimoyachisi Elliott Andersonni rekord narxda xarid qilgan, «Nottingham Forest»ga 135 million evro to'lagan. Bu transfer hali rasmiy tasdiqlanmagan.