Bir nechta klub, jumladan «Tottenxem», «Napoli»dan 23 yoshli yarim himoyachi Antonio Vergara sotib olishga harakat qildi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma'lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, neapolliklar Angliya Premer-ligasining — «Tottenxem» va «Bournemouth» vakillaridan kelgan takliflarni rad etishdi. Shuningdek, klub Vergarani «Komo» va «Atalanta»ga ham qo'yib bermadi.
«Napoli» o'z yarim himoyachisini saqlab qolishni xohlaydi, uni loyiha uchun kelajakda muhim o'yinchi deb hisoblaydi. Aytishlaricha, italiyalik klub o'yinchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Vergara — «Napoli» tarbiyalanuvchisi. 2025/26 mavsumida futbolchi barcha musobaqalarda 19 marta maydonga tushib, uchta gol urdi va to'rt assist muallifi bo'ldi.




