Manchester Siti uzoq muddatda yarim himoyada Rodrining o‘rnini bosishga tayyor futbolchini izlamoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Transfer News Live xabariga ko‘ra, Fichajes portaliga tayanib, “shaharliklar” PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesni sotib olish uchun 120 million yevro ajratishga tayyorlanmoqda. Joau Neves 2024 yil yozidan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda.

U Parij klubida jami 63 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, Joau Neves 2025 yilgi “Oltin to‘p” ovoz berishida 19-o‘rinni egalladi.

O‘tgan mavsumda u PSJ bilan Fransiya ligasi, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Shundan so‘ng u Portugaliya terma jamoasiga Yevropa Millatlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritishda yordam berdi.

Bu futbolchi jamoaga katta foyda keltirishi kutilmoqda.