Markaziy yarim himoyachi «Liverpul»dan Kortis Djonz boshqa Angliya Premier Ligasi klubiga o'tishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga «Nottinhem Forest» qiziqmoqda. «O'rmonchilar» allaqachon Merseysayd jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Djonzning transferi 35-40 million evroga baholanmoqda.

Xabarlarga ko'ra, «Nottinhem Forest» ingliz yarim himoyachisiga 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Djonz barcha musobaqalarda 49 marta maydonga tushdi. O'sha davrda u uchta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

«Arsenal» «Inter»ning transferini to'sib qo'yishga tayyor