«Manchester Yunayted» qanot o'yinchisi Markus Rashford o'zining kelajakdagi karerasini qayerda davom ettirishni xohlayotganini aniqladi.
Angliyalik futbolchiga Premier-ligadagi jamoalar qiziqish bildirmoqda, ammo o'zining xohishi bo'yicha u chet elda o'ynashni istaydi. 28 yoshli o'yinchi «Barselona» va «Bavariya» ga o'tishni afzal ko'radi, deb xabar beradi Sport. Hozirgi kunda har ikkala variantning amalga oshish ehtimoli past.
Eslatib o'tamiz, Rashford o'tgan mavsumda «Barselona»da ijarada o'ynadi. Kataloniyaliklar 30 million evro evaziga xarid qilish imkoniyatini faollashtirishni xohlamadilar, «Manchester Yunayted» esa kelishuvga bormadi. «Qizil iblislar» tarbiyalanuvchisiga shuningdek, «Tottenxem» ham qiziqmoqda.




