Sobiq «Chelsi» jamoasi kapitanı Jon Terri kelajakda jamoaning bosh murabbiyi bo‘lishni istaydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Unga ko‘ra, bosh murabbiylik lavozimi uning eng katta orzusi hisoblanadi. Terri «Chelsi»da barcha yutuqlarga erishganini ta’kidlagan.
Avvalroq Jon Terri murabbiylik faoliyatida ham qadam tashlagan. U «Aston Villa» va «Lester» jamoalarining murabbiylar shtabida ishlagan, biroq mustaqil bosh murabbiy sifatida taklif olmagan.
Futbolchi sifatida Terri uzoq yillar davomida «Chelsi» sharafini himoya qilgan. U «pensiyonerlar» safida jami 717 o‘yinda maydonga tushib, 67 ta gol urgan.
Hozirda «Chelsi» jamoasining bosh murabbiyi Enzo Mareska hisoblanadi. Jon Terri kelajakda jamoani boshqarish orqali o‘zining murabbiylik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Uning bu orzusi ko‘plab muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va u o‘zining tajribasi hamda bilimlari bilan jamoaga katta foyda keltirishi kutilmoqda.