«Chelsi» «Sanderlend»ning yarimhimoyachisi Granit Jaka bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, shveytsariyalik futbolchi «ko‘klar» bilan 2029 yilgacha davom etadigan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endi «Chelsi» «Sanderlend» bilan kelishuvga erishishi kerak. Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi 33 yoshli yarimhimoyachisi uchun 40 million evro olishni rejalashtirmoqda. Klublar o‘rtasida muzokaralar yaqin 48 soat ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Jaka APLda 34 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va jamoadoshlariga oltita assist berdi.