«Pari Sen-Jermen» «Monako»ning qanot hujumchisi Magnes Aklyush uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Frantsiya chempioni bo'lgan jamoa ikki Angliya Premer-ligasi klubidan o'zib ketmoqda. Hozirda «PSJ» va «Monako» o'rtasidagi muzokaralar jonlanmoqda. Yaqin kunlarda monakolar Aklyush uchun rasmiy taklif olishni kutmoqda.
O'tgan mavsumda 24 yoshli qanot hujumchisi barcha musobaqalarda 43 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 11 golli uzatmani amalga oshirdi.
Aklyushning bozor narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 50 million yevroni tashkil etadi.




