Italiyalik yarimhimoyachi «Nyukasl» Sandro Tonali Londondagi «Arsenal» ro'yxatida.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda «kanonirlar» «Nyukasl»ga Tonali uchun deyarli 93 million evro taklif qilishadi, shunda «soroklar»ning reaksiyasini bilib olishadi. «Nyukasl» Tonalini saqlab qolishni xohlaydi, ammo «Arsenal» uni yozgi transfer oynasida asosiy maqsadi sifatida belgilagan.
O'tgan mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 53 uchrashuv o'tkazib, uchta gol urdi va yetti marta hamkorlariga assistentlik qildi. O'yinchining klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Oldinroq xabar berilganidek, Tonali transferi bo'yicha muzokaralarni «Manchester Siti» olib bormoqda.




