Yarim himoyachi «Lill» va Marokash terma jamoasining o'yinchisi Ayub Buaddi yana bir top-klub – «Manchester Siti»ning e'tiboriga tushdi.

«Shahar vakillari» 18 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda insayder Matteo Moretto. Angliya klubi allaqachon «Lill» bilan potentsial transferni muhokama qilish uchun bog'langan. «Siti» vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadilar.

Ayub Buaddi uchun avvalroq «Arsenal», «Liverpul», «PSJ», Madridning «Real» va boshqa nufuzli klublar nomi tilga olingan. Mish-mishlarga ko'ra, «Lill» 2026-yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida porlagan yarim himoyachi uchun taxminan 80 million evro so'rashi mumkin.