Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishi mumkin bo'lgan «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonalining kelajakdagi maoshi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Insayder Nikolo Skira tomonidan berilgan xabarga ko'ra, «shporlar» Tonali bilan mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha kelishib olgan. Agar shartnoma imzolansa, italiyalik futbolchi 2032 yilgacha davom etadigan shartnoma imzolaydi va yiliga 12 million evro maosh oladi.
«Tottenxem» klubida shartnoma tuzish bo'yicha kelishuvga erishishlariga ishonch bildirilyapti. O'z navbatida, futbolchi jamoasini tark etishni va Roberto De Dzerbi jamoasiga qo'shilishni xohlaydi.
2025/26 yilgi mavsumda Tonali barcha turnirlarda 53 ta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va yetti assist qildi.




