Zashitnik Maksans Lakrua «Kristal Pelas»dan «Chelsi»ga o'tishga yaqin. L'Equipe ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi taxminan 55 million evro bo'ladi, avvalroq jurnalist Nikolo Skira bu summani 15 million evro kam deb ta'kidlagan edi.

26 yoshli markaziy zashitnik hozirda Frantsiya terma jamoasi safida, u birinchi marta shu yilning mart oyida chaqirilgan. Jahon chempionati guruh bosqichidagi Norvegiya terma jamoasiga qarshi so'nggi o'yinda Lakrua, Salibani almashtirib, asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Agar shartnoma amalga oshsa, zashitnik «Kristal Pelas»dan jahon chempionatining tugashidan so'ng ketadi.