Londonning «Chelsi» klubiga o'tishi kutilayotgan «Atalanta» himoyachisi Marko Palestra haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Insayder Nikolo Skira ma'lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi 26 iyun, juma kuni Londonga keladi. Ushbu kunda Palestra tibbiy ko'rikdan o'tadi va darhol klub bilan 2033 yilgacha shartnoma imzolaydi. Ushbu ma'lumot to'liq tasdiqlangan va tekshirilgan.

Avvalroq «Chelsi» Palestrani «Inter»dan o'ziga tortganini eslatib o'tamiz. Tomonlar shartnoma tuzishga juda yaqin edilar.

2025/26 yilgi mavsumda Palestra «Kalyari»da ijarada o'ynadi. U Italiya chempionatida 37 marta maydonga tushib, bir gol urdi va to'rt assist berdi.