Xorvat himoyachisi Luka Vushkovich, huquqlari Londondagi «Tottenxem»ga tegishli, Angliya Premer-ligasining ikki yetakchi klubi – «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ning e'tiborida. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manba, Merseysay klubi 19 yoshli himoyachini tajribali hollandiyalik Virgil van Deyk o'rnida ko'rib chiqayotganini ta'kidlaydi.
«Tottenxem» esa xorvatni sotishdan taxminan 70 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.
O'tgan mavsumda Luka «Gamburg»da ijarada o'ynadi. Himoyachi 28 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.




