Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl» va Braziliya terma jamoasining yarimhimoyachisi Bruno Gimaraesni sotib olish ustida ishlamoqda.

«Kanonirlar» 28 yoshli futbolchi uchun 55 million funt sterling (deyarli 64 million evro) taklif qildi, ammo «Sorokalar» buni rad etdi, deb xabar beradi Globo. Poytaxt jamoasi yangi taklif bilan qaytishini allaqachon ma'lum qildi.

Bruno Gimaraes esa muzokaralarga deyarli jalb etilmagan – u jahon chempionatiga e'tibor qaratmoqda. Transfermarkt portali braziliyalik yarimhimoyachining narxini 70 million evro deb baholamoqda. Futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.