«Manchester Yunayted» qanot o'yinchisi Markus Reshford – «Tottenxem»ning transfer maqsadlaridan biri.

28 yoshli futbolchining hozirgi shartnomasi bo'yicha maoshi haftasiga 300 ming funtdan oshadi, ammo «shporalar» ingliz o'yinchisiga shunga o'xshash shartlarni taklif qilishga tayyor, deb xabar beradi Transfer News Live TEAMtalkga tayanib. Bu Londondagi klubga boshqa da'vogarlar bilan raqobatda jiddiy afzallik berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Markus Reshford «Barselona»da ijarada o'ynadi, ammo kataloniyaliklar «Yunayted»ning yulduz tarbiyalanuvchisini 30 million evro evaziga sotib olish imkoniyatini faollashtirishni xohlamadilar.