«Manchester Siti» bir yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, «shahar jamoasi» «Nottinhem Forest» bilan Elliot Andersonning o'tishini muhokama qildi. Klublar kelishuvga erishdi, lekin bu hali hammasi emas – transfer amalga oshishi uchun 23 yoshli yarim himoyachi «shahar jamoasi» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishishi kerak.
Hozirda Elliot Anderson Angliya terma jamoasi safida. Yarim himoyachi «uch sher» ning jahon chempionatidagi o'tgan ikkita o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«Nottinhem Forest» Andersonni 2024 yil yozidan buyon himoya qilmoqda. Ikki mavsum davomida yarim himoyachi «o'rmonchilar» safida 92 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.




