Hujumchi Liam Delap bu yozda «Chelsi»dan ketishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, hujumchini «Tottenxem» sotib olishga qiziqmoqda. «Ko'klar» o'z futbolchisini sotishga tayyor, ammo 40 million funt sterlingdan past takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Liam Delap 2025 yilda «Chelsi»ga «Ipsvich»dan 35 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 41 o'yin o'tkazib, 2 gol urdi va 4 golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Delapning narxi 28 million evroga baholangan.