Londonning «Arsenal» jamoasining o‘ng himoyachisi Ben Uayt boshqa Premier-liga jamoasiga qiziqish uyg‘otmoqda.

28 yoshli futbolchini «Everton» o‘z safiga qo‘shmoqchi. Arsenal Radar ma'lumotlariga ko‘ra, «irislarga» bosh murabbiy Devid Moyes ingliz futbolchisini o‘z tizimiga mukammal mos kelishini hisoblaydi. Potentsial transfer narxi - taxminan 30 million funt sterling (taxminan 35 million evro).

Ben Uayt o‘tgan mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urdi va ikki assist berdi. O‘yinchi mavsum oxirida tizzasidan jarohat olib, Angliya terma jamoasida jahon chempionatida o‘ynash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.