Portugaliyalik mashhur agent Paulu Barbosa O'zbekiston terma jamoasining himoyachisi Abdukodir Xusanovni yuqori baholadi.
Esingizda bo'lsin, seshanba kuni O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida Portugaliyaga 0:5 hisobida katta mag'lubiyatga uchradi.
Barbosaning so'zlariga ko'ra, Xusanov uni hayratga solgan. Agent o'zbek futbolchisi kelajakda Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng yaxshi himoyachiga aylanishi mumkin deb hisoblaydi.
Abdukodir Xusanov 2025 yil boshidan klub darajasida «Manchester Siti» safida o'ynaydi.




