Yarim himoyachi Bruno Fernandes bu yozda «Manchester Yunayted»ni tark etmaydi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi kelasi mavsumda «qizil iblislar» safida to'liq davom etishini bildirgan. Hujumchi o'z jamoa a'zolari va yaqin atrofidagi odamlarga «Old Trafford»da qolish niyatida ekanligini aniq ko'rsatgan.

Bruno Fernandes 2020 yilda «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga 65 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi «qizil iblislar» safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Fernandesning narxini 35 million evro deb baholamoqda.