Himoyachi Aksel Disaasi yozda «Chelsi»dan ketishi mumkin.
Jurnalist Mirko Di Natalening ma'lumotlariga ko'ra, fransuz futbolchisini «Roma» sotib olishni xohlaydi. So'nggi soatlarda rimlik klub futbolchini potentsial transferi bo'yicha so'rov yuborgan. «Ko'klar» o'z o'yinchisini 25 million evroga baholamoqda.
Aksel Disaasi 2023 yilda «Monako»dan «Chelsi»ga 45 million evroga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida himoyachi «Vest Xem»da ijarada o'ynadi. U «mashinasozlar» safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Disaasining qiymati 15 million evroga baholanmoqda.




