Yarim himoyachi «Tottenxem»dan Lukas Bergvall «Bavariya»ning e'tiboriga tushdi. «Shporlar»ning bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi shvedni asosiy tarkibda ko'rmayapti, shuning uchun so'nggi paytlarda uning kelajagi haqida mish-mishlar ko'paymoqda. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, «Bavariya» ushbu yarim himoyachini qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Myunxen klubida 20 yoshli futbolchini o'tgan Leon Goretzke o'rnida ko'rishmoqda.

Bergvallga ingliz «Chelsi», «Aston Villa» va «Nottinhem Forest» ham qiziqish bildirmoqda. Lukasning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi va uning Transfermarkt portalidagi bahosi 35 million evro.