Yozda «Leypsig» hujumchisi Yan Diomande qaysi klubga o'tishi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi, deb yozadi Media Foot.

19 yoshli futbolchi uchun «Liverpool» va «PSJ» raqobatlashayotgan edi. Xabarlarga ko'ra, inglizlar Diomande uchun fransuzlardan oldinda turishdi. 19 yoshli o'yinchining ingliz jamoasida Muhammad Saloh o'rnini egallashi kutilmoqda.

Ivoriyalik futbolchi ikkala klub bilan kelishuvga erishdi, lekin «PSJ» «RB Leypsig» tomonidan so'ralgan summani to'lashga tayyor emas edi. Endi parijliklar boshqa transfer maqsadlariga e'tibor qaratishadi.

Transfermarkt portali Diomande qiymatini 90 million evro deb baholamoqda.