Londondagi «Chelsi» 26 yoshli markaziy himoyachi Trevo Chalobani sotishga tayyor. Ushbu ma'lumotni jurnalist Sem Tabuto e'lon qildi.
Agar manbalarga ishonilsa, «Chelsi» futbolchisiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda, shuning uchun klub rahbariyati uning ketishiga to'sqinlik qilmoqchi emas. Avvalroq Chalobani italiyalik «Komo» sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 47 marta maydonga tushib, uchta gol urdi.
Chalobaning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Transfermarkt portalidagi mutaxassislar futbolchini 40 million evroga baholamoqda.




