Madritning «Real» klubining sobiq murabbiyi Alvaro Arbeloa yaqin orada «Fulhem»ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda. Ushbu ma'lumotni insayder Fabrizio Romano e'lon qildi.
Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Arbeloa «Fulhem» bilan shartnoma tafsilotlarini kelishish jarayonini tugatishi haqida bir hafta oldin yozgan postini qayta joylashtirdi va qiziqarli izoh qoldirdi: «Tez orada».
Esimizda bo'lsin, 2025/26 yilgi mavsum tugagach, Arbeloa «Real»ning bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, «Fulhem»dan esa Marku Silva ketdi.
O'tgan Angliya Premer-ligasi musobaqasini «Fulhem» turnir jadvalida 11-o'rinda yakunladi.
Sobiq «Real» murabbiyi Arbeloa APL klubiga deyarli kelishib oldi




