Londonning «Tottenxem» jamoasi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klub rahbariyati bilan suhbatlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Jeyms Devis xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, murabbiy 22-iyun, dushanba kuni rahbarlar bilan telefon orqali bog'lanmoqchi, suhbatda bir nechta muhim masalalarni, jumladan, o'z talablarini va transfer bozoridagi ishlarni muhokama qilmoqchi. Suhbat kunning ikkinchi yarmida bo'lishi kutilmoqda.
De Dzerbi o‘tgan bahorda «Tottenxem»ni boshqara boshladi. Italiyalik murabbiy rahbarligida «shporlar» Angliya Premer-ligasida o'z o'rnini saqlab qoldi, turnir jadvalida 17-o'rinda tugatdi. Qochish zonasidan atigi ikki ochko farq bilan qoldi.




