Daniya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel "qizil iblislari"ning "Liverpul" ustidan qozongan g‘alabasi ortidan o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olmadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Angliya chempionatining sakkizinchi tur o‘yini 2:1 hisobida yakunlandi. Shmeyxel A Bola portaliga bergan intervyusida shunday dedi: "Kimdir iltimos, Rubenini olib kelsin, chunki men uni o‘pmoqchiman.
Bu, shubhasiz, Amorimning eng muhim g‘alabasi. Biz bu o‘yinda ilgari hech qachon ko‘rmagan narsani ko‘rdik: barcha futbolchilar jon kuydirib o‘ynadi." "Manchester Yunayted" hozirgi vaqtda Angliya Premer Ligasi jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda va 13 ochko jamg‘argan.
Keyingi turda Manchester jamoasi o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi. O‘yin 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.