23 yoshli forvard «Manchester Yunayted» Benyamin Sheshko «Atletiko» Madrid ro'yxatida.
TEAMtalk jurnalisti Greym Beyli xabar berishicha, «Atletiko» vositachilar orqali «qizil jodugarlar»dan Sheshko haqida ma'lumot so'ragan. Ammo ingliz klubi yozgi transfer oynasida sloveniyalik futbolchini qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.
«Manchester Yunayted» Sheshkoni o'tgan yozda «RB Leypsig»ga deyarli 80 million evro to'lab sotib olgan. Manchester jamoasida forvard 32 uchrashuvda maydonga tushib, 12 marta raqib darvozalarini ishg'ol qildi va bir assist berdi.
Sheshkoning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha davom etadi.




