«Chelsi» kapitani Riz Deyms yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoga oid fikrlarini bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassisning «ko'klar» boshqaruviga tayinlangani may oyida e'lon qilingan. U o'z vazifalarini iyul oyidan boshlaydi.
«Alonso haqida gaplashgan har kim uni ajoyib, juda ajoyib murabbiy deb ta’rifladi, men ham bir necha bor telefon orqali suhbatlashish imkoniyatiga ega bo'ldim. U o'z vaqtida juda yaxshi o'yinchi bo'lganini hammamiz bilamiz. Uning bizga kelishidan hayratdaman», – deydi Deyms talkSPORTga bergan intervyusida.
Xabi Alonso «Chelsi» bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq, u Madridning «Real» va Leverkuzening «Bayer» jamoalarini boshqargan.




