Nemis yarim himoyachisi Dortmundning «Borussiya» klubidan Feliks Nmecha «Liverpul» ro'yxatida. Ushbu ma'lumotni jurnalist Greym Beyli e'lon qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, «Liverpul» 25 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashga kirishdi. Xabar qilinishicha, «shmelilar» Nmechani 120 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Yarim himoyachiga «Real», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

O'tgan klub mavsumida Nmecha barcha musobaqalarda 42 o'yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

Transfermarkt mutaxassislari yarim himoyachining qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.