«Manchester Yunayted» «Real»ning yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni va «Galatasaray»ning hujumchisi Viktor Osimhenni sotib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil jinnilar» Osimhenga hujumchi pozitsiyasi uchun mukammal nomzod sifatida qarashmoqda, lekin nigeriyalik futbolchini qo'lga kiritish juda qiyin bo'ladi. «Galatasaray» o'z futbolchisi uchun 150 million evro talab qilmoqda.

Tchuameni ham «Manchester Yunayted»da yuqori baholanmoqda va o'rtada yaxshi variant sifatida ko'rilmoqda, lekin, agar mish-mishlarga ishonilsa, «Real» fransuz bilan xayrlashmoqchi emas.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa APLda uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo'l oldi.