Ingiltarining «Nyukasl» klubi nemis hujumchisi Nik Voltimedeni sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Mark Brus xabar bermoqda.

Manbalarga ko'ra, joriy yozda 24 yoshli hujumchi katta ehtimol bilan «Nyukasl»ni tark etadi. Hozirda o'yinchi uchun «Borussiya» Dortmund, «Atletiko» va «Aston Villa» kuzatmoqda.

«Sorokilar» takliflarga ochiq va Voltimedeni sotishdan taxminan 65 million evro olishni rejalashtirmoqda, lekin qiziqish bildirayotgan klublar o'yinchini ijaraga olib, keyin sotib olishni xohlashmoqda.

O'tgan yozda «Nyukasl» Voltimedeni 75 million evro evaziga sotib olgan edi. Eddi Hau rahbarligida hujumchi 51 o'yinda maydonga tushib, 11 gol urdi va besh bor hamkorlariga assistentlik qildi.