Liverpool jamoasi sardori Virgil van Deyk jamoaning yangi a’zosi Florian Virtsning vaziyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Nemis hujumchi yarim himoyachisi Florian Virts o‘tgan yoz Bayer klubidan 125 million yevroga sotib olingan bo‘lib, Angliyada o‘yinining unchalik ko‘zga tashlanmasligi sababli tanqidga uchramoqda. Van Deykning so‘zlariga ko‘ra, klub katta mablag‘ evaziga futbolchini sotib olganda, eng muhimi o‘zini qadrli his qilish va maydonda hamda maydon tashqarisida xotirjam bo‘lishdir.
Agar bu holat saqlansa, muvaffaqiyatga erishish mumkin. Har qanday kasbda moslashish va hamkasblarni tanish uchun vaqt kerak bo‘ladi, bu esa tabiiy jarayondir.
Van Deyk shuningdek, jamoa faqat Florian Virtsga e’tibor qaratmasligi, balki barcha yangi o‘yinchilarning salohiyatiga shubha yo‘qligini ta’kidladi. Muhimi, jamoa birlashib, g‘alabalarga intilishi lozim.
Florian Virts hozirgacha “qizillar” safida o‘n o‘yinda bitta golga uzatma amalga oshirgan.