Milanning «Inter» klubi besh yildan beri Angliyaning «Lids» jamoasida to‘p surayotgan fransuz darvozaboni Illan Melye uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi. O‘tgan hafta matbuotda futbolchining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Shu vaqt ichida futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakunlanishi bois «Loryan», «Valensiya», «Reyndjers» va boshqa jamoalar ham uni o‘z safiga qo‘shishni istayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Shotlandiya klubi uchun Melye asosiy maqsad emasligi aytilmoqda, «Valensiya» esa futbolchini yozda erkin agent sifatida olishni afzal ko‘radi.

«Lids» klubi esa bu qishda futbolchini sotishda yuqori narx talab qilmasligi haqida ma’lumot berilgan. Darvozabonning transfer qiymati taxminan 16 million yevroga baholanmoqda.

Bu holat «Inter»ning Melyega bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda. Klub rahbariyati futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib, darvozani mustahkamlashni maqsad qilgan.