Londonning «Tottenxem» klubi 25 yoshli markaziy himoyachi Miki van de Venni qanchaga sotishi mumkinligi haqida ma'lum bo'ldi.

De Telegraaf ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» rahbariyati golland futbolchisini 115 million evroga baholamoqda. Van de Venga Ispaniyaning «Barselona» va Angliyaning «Liverpul» kabi ikki katta klub qiziqish bildirmoqda.

O'tgan klub mavsumida van de Ven barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga yetti marta to'p kiritdi va bir marta golli uzatmani amalga oshirdi.

Van de Vennning «Tottenxem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyining oxirigacha davom etadi.