Londondagi «Arsenal» yarim himoyachisi Itan Nvaneri boshqa bir ingliz top-klubi e'tiboriga tushdi, deb xabar beradi Indykalia.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shmoqchi bo'lgan klub «Liverpul»dir. «Kanonirlar» esa, Nvanerini yaxshi moliyaviy taklif bo'lsa, qo'yib yuborishga tayyor. Hujumchining bozor qiymati 35 million evrodir.

Nvaneri o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Marsel»da ijarada o'ynadi. Yarim himoyachi to'qqizta o'yinda qatnashib, ikki gol urdi va bir assist berdi.