«Liverpul» jamoasining markaziy himoyachisi Ibrohim Konate kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyida yakunlanadi. Jurnalist Jeyms Pirsning xabariga ko‘ra, «qizillar» rahbariyati bilan Konate o‘rtasidagi muzokaralar uzoq davom etgani sari futbolchining joriy mavsum jamoada oxirgisi bo‘lishi ehtimoli oshmoqda.
Hozirgi vaqtda tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan va 26 yoshli markaziy himoyachi yanvardan boshlab boshqa klub bilan oldindan shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Ibrohim Konatega Madridning «Real», «Barselona», «Bavariya» va boshqa yirik Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.
U 2021 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilmoqda.