Turinning «Yuventus» klubi o'z himoyachisi Andrea Kambyasoni sotishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik buyuk klub Kambyaso transferi uchun Angliya Premer-ligasi vakilidan — «Chelsi»dan taklif oldi. Londondan kelgan birinchi taklif 27-28 million evro atrofida. Biroq, «Yuventus» 35-40 million evro olishni xohlaydi.

O'tgan klub mavsumida 26 yoshli Kambyaso barcha musobaqalarda 47 marta maydonga tushdi. Shu vaqt ichida u uchta gol urishga va beshta assistga erishdi.

Shuningdek, himoyachining «Yuventus» bilan mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

«Chelsi» va «Barselona» «Yuventus» himoyachisi uchun kurashmoqda