Flank hujumchisi «Vest Xem» Krisensio Sammervill «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin. Bu ma'lumotni jurnalist Nikolo Skira e'lon qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» allaqachon gollandiyalik futbolchiga 2031 yilgacha shartnoma taklif qilgan, shartnoma 2032 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, «qizil iblislar» 24 yoshli vingerning transferi bo'yicha «Vest Xem» bilan muzokaralar olib bormoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Sammervill barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Sammervillning bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 35 million evrodir.

«PSJ» Sammervill bo'yicha so'rov yubordi