Londondagi «Arsenal» qanot o'yinchisi Leandro Trossar boshqa Angliya Premier Ligasi klubiga o'tishi mumkin.

31 yoshli futbolchi uchun raqobatda hozirda «Aston Villa» yetakchilik qilmoqda. Football Insider ma'lumotlariga ko'ra, belgiyalik futbolchi Unai Emeri jamoasiga o'tishga tayyor.

Trossarning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va «kanonirlar» bu yozda o'yinchini sotish orqali foyda olishga tayyor. Mashhur Transfermarkt portali Leandro qiymatini 18 million evro deb baholamoqda.

«Pushkarilar» o'tgan mavsumda APLda g'olib bo'lishdi, «Aston Villa» esa to'rtinchi o'rinda tugatdi.