Yarim himoyachi «Chelsi» Enzo Fernandez yozda Madridning «Real» klubiga o'tishi mumkin.

Oldinroq xabar berilganidek, argentinalik futbolchi «qirollik» klubiga o'tishni xohlaydi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, «Sivchilar» tez orada yarim himoyachi bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda. Ispaniya gigantining rahbariyati «Chelsi»dan so'ralayotgan summani kamaytirishini umid qilmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, «ko'klar» Enzo Fernandezni taxminan 140 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi London jamoasi safida barcha musobaqalarda 54 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol va yetti ta golli uzatmani amalga oshirdi.