«Liverpul» 19 yoshli qanot o‘yinchisi «RB Leypsig»dan Yan Diomandeni qo‘lga kiritish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko‘ra, merzisaydliklar Diomande transferi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishgan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola yosh talantdan hayratda va uni o‘z loyihasi uchun ideal o‘yinchi sifatida ko‘rayotganini ta'kidlamoqda. «PSJ» ham ivoriyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo «Liverpul» raqobatchisini ortda qoldirishga qat'iy qaror qilgan.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Diomandeni sotishdan nemis klubi taxminan 130 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan klub mavsumida qanot o‘yinchisi barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va to‘qqiz marta hamkorlariga assistentlik qildi.




