«Chelsi» jamoasi Enzo Mareski boshchiligida ilk mavsumda Konferensiyalar ligasi va Jamoalar jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Yevropa kuboklarining uchinchi darajadagi musobaqasi finalida «Chelsi» ispaniyalik «Betis» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Keyin esa Jamoalar jahon chempionatida fransuzlarning «PSJ» jamoasini 3:0 hisobida yengdi.
Mareski Football Italia nashriga bergan intervyusida, «Barchasi «PSJ»ni finalning asosiy favoriti deb hisoblashdi, bu klassik holat. Ammo men har kuni ishga jahon chempionligini yutishni o‘ylab chiqmayman.
Men bu ishni shunchaki yoqtirgani uchun qilaman. Ertalab uyg‘onganimda qo‘lga kiritilgan sovrinlar haqida o‘ylamayman», dedi.
Hozirgi Angliya Premer ligasi mavsumida «Chelsi» yetti turdan so‘ng musobaqa jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.