«Liverpul»ning bosh murabbiyi Andoni Iraola darvozabon Alisson Bekerni klubdagi kelajagi haqida savolga javob berdi.
34 yoshli darvozabonning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum tugagach muddati o'tadi. So'nggi paytlarda tajribali brazilyalik futbolchining vataniga qaytishi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda.
«Men Alissonning bu mavsum «Liverpul»dagi oxirgi mavsumi bo'ladimi, bilmayman. Bu savolni unga o'zi berishingiz yaxshiroq. Lekin men uning qolishini va biz uchun o'ynashini umid qilaman. Shartnomalar va shunga o'xshash vaziyatlar haqida gapirganda, men ko'p narsa ayta olmayman, chunki bu futbolchilar va klubning ishi. Biz doimiy ravishda Julian Uord [sport direktori] bilan muhokama olib boramiz, ammo barcha tafsilotlarni sizga ochib bera olmayman», – deydi Iraola so'zlarini jurnalist Pol Gorst keltirmoqda.
Alisson Beker 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilmoqda.
