Londonning Arsenal jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Sesq Fabregasning ish uslublarini o'zlashtirishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

Hozirgi Como murabbiyi Artetani futboldagi o'ziga xos namuna sifatida ko'radi. Yangi mutaxassis 2024 yilda italiyalik jamoani boshqarishdan oldin, «kanonirlar» murabbiyidan maslahat so'ragan.

– Sizningcha, Fabregas bir ma'noda sizni takrorlayaptimi?

– Yo'q, menimcha, unga bu shart emas. U muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo'lgan barcha vositalarga, tajribaga va bilimlarga ega. Men uning uchun juda, juda xursandman. Men Sesqni yaxshi bilaman. U futbolni qanday sevishini va qanday fikrlashini bilaman, – dedi Arteta, uning fikrlarini jurnalist Konor Hamm yetkazdi.

Shanba kuni Arsenal Hull Sitiga qarshi Premyer-ligada o'ynaydi, yakshanba kuni esa «Como» Interga qarshi Seriya Ada mehmon bo'ladi.